Doʻkonlar uchun
Nasiya daftari — qogʻoz daftar oʻrniga raqamli nazorat
Mijozlaringizga nasiyaga berilgan har bir tovar tizimda qayd etiladi: kim, qachon, qancha va qaysi muddatgacha. Muddati kelganda tizim oʻzi eslatadi, toʻlanmasa — sud uchun dalillar paketi tayyor turadi.
Qanday ishlaydi?
-
1
Mijoz telefonini kiriting
Doimiy mijoz boʻlsa, ism va hujjat maʼlumotlari bazadan oʻzi toʻladi — qayta yozish shart emas.
-
2
Tovar va muddatni yozing
Tovar nomi, summa va qaytarish sanasi — uch qator maʼlumot bilan qarz rasmiylashadi.
-
3
Mijozni tovar bilan suratga oling
Fotosurat tizimda saqlanadi va tovar topshirilganining ashyoviy dalili boʻlib xizmat qiladi.
-
4
Qolganini tizim qiladi
Muddatga 5, 3 va 1 kun qolganda mijozning Telegramiga avtomatik eslatma boradi.
Doʻkondorga nima beradi?
Hammasi bir ekranda
Jami nasiyadorlar, koʻchadagi summa, bugun toʻlanishi kerak boʻlganlar va muddati oʻtganlar — katta raqamlar bilan.
Avtomatik eslatmalar
Telefon qilib yurish shart emas: tizim mijozga oʻzi eslatadi, siz faqat toʻlovni qayd etasiz.
Yuridik zanjir
Fotosurat, Telegram tasdiqlari va har bir amal jurnali — nizo chiqsa, dalillar tayyor turadi.
Sudga bir qadam
Toʻlanmagan qarzni bitta tugma bilan undiruv jarayoniga oʻtkazasiz — hujjatlar platformada shakllanadi.
Boshlashga tayyormisiz?
Hisobingiz bormi? Tizimga kirish