ВНИМАНИЕ: система работает в тестовом режиме
Перейти к основному содержанию
Undiruvchi.uz

Правовые документы

Политика конфиденциальности

Порядок защиты персональных данных пользователей платформы и мобильных приложений.

Документ официально ведётся только на узбекском языке.

Ushbu Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) «UNDIRUVCHI» raqamli platformasi (https://undiruvchi.uz/) va uning mobil ilovalari egasi hisoblangan Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-547-son, 02.07.2019 y.), «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash, saqlash, himoya qilish va uchinchi shaxslarga berish tartibini belgilaydi.

1-BOB. ATAMALAR VA TA’RIFLAR

1.1. Operator (Platforma egasi) — «UNDIRUVCHI» platformasi (https://undiruvchi.uz/ domen manzili) faoliyatini yurituvchi, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash maqsadlari va hajmini belgilovchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.

1.2. Platforma (Sayt) — Internet tarmog‘ida https://undiruvchi.uz/ domen manzili va uning ostki domenlarida joylashtirilgan dasturiy-apparat majmuasi, axborot tizimi hamda mobil ilovalar.

1.3. Foydalanuvchi — Platformada ro‘yxatdan o‘tgan, xizmatlardan foydalanayotgan muomala layoqatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs (Tashkilot, Haqdor, Undiruvchi, Qarz beruvchi, Qarz oluvchi yoki ularning vakillari va boshqalar).

1.4. Shaxsga doir ma’lumotlar — Muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yoki uni identifikatsiyalash imkonini beradigan, elektron yoki qog‘oz shaklida qayd etilgan axborot (F.I.SH., JSHSHIR, STIR, passport/ID-karta, telefon, manzil, bank kartasi va qarzdorlik ko‘rsatkichlari va boshqalar).

1.5. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash — Shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, egasizlantirish, bloklash va yo‘q qilishga qaratilgan kamida bitta harakat yoki harakatlar majmui.

1.6. Tashkilot — Muammoli qarzdorliklari mavjud bo‘lgan hamda ularni undirish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy asosda Undiruvchi qidirayotgan banklar, mikromoliya tashkilotlari, onlayn-marketlar, nasiya do‘konlari va boshqa yuridik shaxslar.

1.7. Haqdor — O‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini yoki mulkiy haqlarni (ijara, qarz, shartnoma majburiyatlari bo‘yicha) belgilangan muddatda ololmay yurgan va ularni undirib olish choralarini ko‘rayotgan jismoniy shaxs.

1.8. Undiruvchi — Tashkilotlar, nasiya do‘konlari hamda Haqdorlarning muammoli qarzdorliklari bilan shartnomaviy-huquqiy va vakillik (ishonchnoma, topshiriq, komissiya yoki xizmat ko‘rsatish shartnomalari) asosida ishlaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.9. Qarz beruvchi — Pul so‘rab murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga pul mablag‘larini (yoki tovarlarni nasiyaga) beruvchi hamda shartnomani rasmiylashtiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.10. Qarz oluvchi — Qarz beruvchiga pul mablag‘ini yoki tovarlarni so‘rab murojaat qiluvchi, tegishli shartnomani rasmiylashtiruvchi hamda majburiyatlarni o‘z vaqtida qaytarish mas’uliyatini oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.11. Qarz reyestri — O‘zaro qarz oldi-berdi qilgan, nasiya va shartnomaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning, ularning qarzdorlik ko‘rsatkichlari hamda to‘lov muddatlarining raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi va ro‘yxati.

1.12. Insofsiz qarzdorlar reyestri — Qarz olib, nasiya yoki shartnoma bo‘yicha to‘lov muddatlarini sababsiz vaqtida to‘lamagan, majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlagan qarzdorlar to‘g‘risida Platformada shakllantiriladigan maxsus reyestr va ma’lumotlar bazasi.

2-BOB. UMUMIY QOIDALAR VA HUQUQIY ASOSLAR

2.1. Huquqiy poydevor: Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-547-son), «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amal qiladi.

2.2. Siyosatning amal qilish sohasi: Ushbu Siyosat https://undiruvchi.uz/ sayti, uning ostki domenlari va mobil ilovalari orqali to‘planadigan barcha shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Platformadan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish, so‘rovnoma to‘ldirish va billing xizmatlaridan foydalanish ushbu Siyosat shartlariga to‘liq rozilik berish deb e’tirof etiladi.

2.3. Rozilikning ixtiyoriyligi: Foydalanuvchi va sub’ektlar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Platformaga kiritish orqali ularni qayta ishlashga, saqlashga hamda Siyosatda nazarda tutilgan hollarda uchinchi shaxslarga berilishiga o‘z xohish-irodasi bilan ixtiyoriy rozilik beradi.

3-BOB. TO‘PLANADIGAN SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TARKIBI

3.1. Foydalanuvchilar (Tashkilot, Haqdor, Undiruvchi, Qarz beruvchi) bo‘yicha to‘planadigan ma’lumotlar:

  • Jismoniy shaxslar uchun: F.I.SH., JSHSHIR (PINFL), passport yoki ID-karta seriyasi va raqami, berilgan sanasi va kim tomonidan berilgani, yashash va ro‘yxatdan o‘tgan manzili, aloqa telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar;
  • Yuridik shaxslar (Tashkilot va Undiruvchi kompaniyalar) uchun: Yuridik nomi, STIR (INN), yuridik va faoliyat manzili, rahbarning F.I.SH. va lavozimi, bank rekvizitlari (MFO, h/r), rasmiy telefon va elektron pochta rekvizitlari va boshqalar.

3.2. Qarz oluvchi va Qarzdorlar bo‘yicha to‘planadigan ma’lumotlar:

  • Qarzdor jismoniy shaxslar uchun: F.I.SH., JSHSHIR, passport/ID-karta ma’lumotlari, telefon raqamlari, yashash manzili, ish joyi, qarz shartnomasi rekvizitlari, qarz summasi, to‘lov muddatlari, kechiktirilgan kunlar soni va ijro hujjatlari ma’lumotlari;
  • Qarzdor yuridik shaxslar uchun: Yuridik nomi, STIR, yuridik manzili, rahbar F.I.SH., qarz va shartnoma majburiyatlari ko‘rsatkichlari.

3.3. Avtomatik ravishda to‘planadigan texnik ma’lumotlar:

  • IP-manzil, brauzer turi va versiyasi, qurilma turi va operatsion tizimi, cookie-fayllar, platformaga kirish vaqti va seans davomiyligi, geo-joylashuv ma’lumotlari (foydalanuvchi ruxsat bergan taqdirda).

4-BOB. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA QAYTA ISHLASH MAQSADLARI

Operator shaxsga doir ma’lumotlarni faqat quyidagi aniq, oshkora va qonuniy maqsadlarda qayta ishlaydi:

  • https://undiruvchi.uz/ platformasining raqamli axborot-konsalting, billing va avtomatik SMS-eslatma xizmatlarini ko‘rsatish va shartnoma majburiyatlarini bajarish;
  • Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash, Shaxsiy kabinetga kirish va xavfsizlikni ta’minlash;
  • Qarz reyestri hamda Insofsiz qarzdorlar reyestrini shakllantirish, qarzdorliklar hisobini yuritish va shaffoflikni ta’minlash;
  • Qarzdorlarga qarzni to‘lash zarurati haqida avtomatik SMS, Telegram va elektron pochta xabarnomalarini yuborish;
  • Tashkilot va Haqdorlarga ularning topshiriq va shartnomalari bo‘yicha maqbul Undiruvchilarni topishda axborot-texnik ko‘mak berish;
  • Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladigan talabnoma, ariza va da’vo hujjatlari loyihalarini avtomatik shakllantirish;
  • Firibgarlik, sohta ma’lumotlar kiritilishi va platformadan g‘ayriqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish;
  • Qonunchilikda belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda.

5-BOB. REYESTRLARDAGI MA’LUMOTLAR MAXFIYLIGI VA FOYDALANISH TARTIBI

5.1. Qarz reyestridagi ma’lumotlar tartibi: Qarz reyestriga kiritilgan ma’lumotlar Qarz beruvchi, Tashkilot va Haqdorlar tomonidan taqdim etilgan rasmiy shartnomalar va huquqiy hujjatlarga asoslanadi.

5.2. Insofsiz qarzdorlar reyestri qoidalari: Qarz va nasiya majburiyatlarini belgilangan muddatda sababsiz bajarmagan qarzdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Insofsiz qarzdorlar reyestriga kiritiladi. Ushbu reyestrdagi ma’lumotlar boshqa Tashkilotlar hamda Qarz beruvchilar uchun moliyaviy xavflarni baholash (skoring) maqsadida foydalanilishi mumkin.

5.3. Ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik: Reyestrlarga ma’lumot kirituvchi Tashkilot, Haqdor va Qarz beruvchi taqdim etilayotgan axborotning to‘g‘riligi, haqqoniyligi va qonuniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Operator kiritilgan ma’lumotlarning mazmuni uchun javob bermaydi, biroq sohta ma’lumot aniqlanganda uni bloklash huquqiga ega.

6-BOB. MA’LUMOTLARNI SAQLASH, HIMOYA QILISH VA UCHUNCHI SHAXSLARGA BERISH

6.1. Saqlash muddatlari: Shaxsga doir ma’lumotlar Foydalanuvchining Shaxsiy kabineti faol bo‘lgan davrda hamda shartnoma va qonunchilikda belgilangan saqlash muddatlari (da’vo muddatlari va buxgalteriya hisobi muddatlari) davomida saqlanadi.

6.2. Axborot xavfsizligi choralari: Operator shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz yoki tasodifan kirishdan, yo‘qotishdan, o‘zgartirishdan, bloklashdan, nusxalashdan hamda tarqatishdan ta’minlash uchun zamonaviy kriptografik (SSL/TLS shifrlash), tashkiliy-texnik va dasturiy himoya vositalarini qo‘llaydi.

6.3. Uchinchi shaxslarga berish shartlari: Operator shaxsga doir ma’lumotlarni O’zbekiston respublikasi davlat organlari, tashkilotlariga va O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi nodavlat tashkilotalarga taqdim etishi mumkin. Foydalanuvchi saytga kirish orqali bunga o’z roziligini bildiradi.

7-BOB. FOYDALANUVCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

7.1. Sub’ekt va Foydalanuvchining huquqlari: O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 19-moddasiga muvofiq, Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • Operatorda o‘zi haqida qanday ma’lumotlar saqlanayotganini bilish va ular bilan tanishish;
  • Noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki eskirgan ma’lumotlarni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki o‘chirishni talab qilish;
  • O‘z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.

7.2. Foydalanuvchining majburiyatlari: Foydalanuvchi Shaxsiy kabinet paroli va autentifikatsiya ma’lumotlari maxfiyligini saqlashi, uchinchi shaxslarga bermasligi hamda faqat haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

8-BOB. COOKIE-FAYLLAR VA AVTOMATIK TEXNIK MA’LUMOTLAR

8.1. Cookie-fayllardan foydalanish: https://undiruvchi.uz/ sayti seanslarni saqlash, foydalanuvchi afzalliklarini eslab qolish hamda platforma xavfsizligini ta’minlash maqsadida Cookie-fayllardan foydalanadi.

8.2. Cookie-ni o‘chirish: Foydalanuvchi o‘z brauzeri sozlamalari orqali Cookie-fayllarni qabul qilishni taqiqlashi yoki o‘chirib tashlashi mumkin. Biroq, bu holda Platformaning ayrim funksiyalari to‘liq ishlamasligi mumkin.

9-BOB. SIYOSATGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH VA YAKUNIY QOIDALAR

9.1. Bir tomonlama o‘zgartirish: Operator ushbu Siyosatga qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda Platforma funksionali yangilanishi sababli bir tomonlama o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

9.2. Kuchga kirish tartibi: Siyosatning yangilangan tahriri https://undiruvchi.uz/ saytida e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Foydalanuvchining yangilanishdan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirishi yangi Siyosatga rozilik deb baholanadi.

9.3. Qo‘llaniladigan huquq: Ushbu Siyosatdan kelib chiquvchi barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

↑ Наверх